Joriy yil dekabr oyida talabalar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir – Intellektual olimpiada musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan!
🧑🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallari) talabalari jalb etiladi.
✅Olimpiada ishtirokchilari 6 turda Zakovat, Breyn-ring, Shaxsiy o‘yin, Erudit-kvartet, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha o‘zaro bellashadi.
📄Har bir OTM belgilangan namunadagi (https://docs.google.com/document/d/e/2PACX-1vQ636HKh8Hqht3PLgTuE4qSnZZ9vnmZf3C_2uGExZ0OzCS-joofcDQXSDcuIRf_PO8CC9E5mC-E-wkW/pub) arizani olimpiada@zakovat.tv elektron pochta manziliga o‘zining rasmiy elektron pochtasi orqali 30-noyabrga qadar (shu kuni ham) yo‘llashi lozim bo‘ladi.
➡️Turnir nizomini o‘qish (https://t.me/zakovat/15428)
😀 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yin g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan. Shuningdek, umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarning OTMlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.