![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizlik injiniringi fakulteti, 3-bosqich talabasi Yahyoyeva Gulsanam Abdug‘ani qizi xalqaro sport maydonida navbatdagi muvaffaqiyatga erishdi.
Talabamiz GAMMA Asian MMA Championship musobaqasining qizlar o‘rtasida -52,2 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu natija talabaning mashaqqatli mehnati, kuchli irodasi va sportga bo‘lgan sadoqatining yorqin ifodasidir.
Talabamizni mazkur yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

