Joriy yil 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Karimjonov Rustam Olimjon o‘g‘li Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.
✅Tashrif chog‘ida universitet faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, Inkubatsiya markazi, Media markaz hamda o‘quv binolari ko‘zdan kechirildi.
🎥Uchrashuv davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot ham o‘tkazildi.