Joriy yilning 1-noyabridan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oracle akademiyasi bilan hamkorlikda “Maʻlumotlar bazasini boshqarish tizimlari Oracle APEX, Oracle Cloud, Java Fundamentals” onlayn darslari tashkil etildi.
Onlayn darslar Zoom platformasida tashkil etilib, unda xalqaro "Oracle Akademy"ning Rossiya va MDH mamlakatlaridagi vakili Yulya Sokolova, Erik Thurston, Gary Mille hamda TATU "Oracle Akademy" rahbari dotsent Xoʻjaqulov Toshtemir tomonlaridan professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun onlayn darslar oʻtib borilmoqda.
Onlayn darslar IT yoʻnalishlari boʻyicha yangi dasturiy mahsulotlar, ulardan foydalanish imkoniyatlari, eng soʻngi texnologiyalar, bulutli texnologiyalardan foydalanish va "Oracle Academy"si yangiliklari, LMS tizimida onlayn darslar, ulardan foydalanish va roʻyxatdan oʻtish va boshqa qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, TATUda "Oracle Akademiyasi"da maʼlumotlar bazalari, dasturlash texnologiyalari, Big Data texnologiyalaridan foydalanish, tarmoqlarda ishlash, maʼlumotlar bazalari xavfsizligi boʻyicha bir nechta kurslar yoʻlga qoʻyildi.
Oracle Academy — Oracle kompaniyasining taʼlim tashabbusi boʻlib, maktab, oʻrta maxsus va oliy taʻlim yurtlari talabalariga axborot texnologiyalarini uzluksiz oʻqitish uchun barcha zarur manbalarni taqdim etishga moʻljallangan.
Har yili Oracle Academy kurslari 35dan ziyod mamlakatlarida 120 milliondan ortiq tinglovchilar ishtirokida oʻtkaziladi.
Onlayn darslar boʻyich maʻlumot olish uchun https://t.me/OracleAcademy telegram kanalidan hamda Oracle Akademy rahbari dotsent Xoʻjaqulov Toshtemirdan maʻlumot olish mumkin.
Yana shuni taʻkidlab oʻtish joizki, oʻtilgan kurslarni toʻliq oʻzlashtirib yakuniy testdan oʻtilgan professor oʻqituvchi va talabalarga xalqro Oracle Akademy tomonidan oʻtilgan kursi boʻyicha sertifikat beriladi.
TATU matbuot xizmati