2018 yil 15-17 may kunlari J.Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi tomonidan yuborilgan 7 nafar mutaxassislar tomonidan TATU talabalari va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “UZINFOCOM”, “UNICON.UZ” markazlari xodimlari uchun “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzuida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi.
Seminarda Google Chrome va keyingi avlod Veb industriyasi uchun ilovalar, Bulutli texnologiyaning OpenStack mexanizmi va na’munaviy loyihalarning industriya ilovalari, Virtual reallik texnologiyasi va Ochiq kodli dasturiy maxsulot tendensiyasi va Virtual reallik texnologiya maxsulotlari, Avtomobil platformalarida ilg‘or Internet buyumlari va “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” loyihalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Seminarda ishtirok etgan 200 nafar ishtirokchilarga sertifikat va sovg‘alar taqdim etildi. Ushbu o‘quv-trening kurslari TATU, NIPA, WFK maslahatchisi Jeon Byung Vuk tomonidan tashkil etildi.