Xalqaro hamkorlik doirasida Koreya milliy transport universiteti (KNUT) bilan 29 iyun-13 iyul kunlari tashkil etilgan “Mobil ilovalarni yaratish” mavzuidagi o‘quv-trening kursi o‘z ishini tamomladi. Kursda 36 nafar TATU talabalari va Toshkent axborot texnologiyalari kasb hunar kolleji va Toshkent aloqa kasb hunar kolleji o‘quvchilari tahsil olib, android operatsion tizimi uchun ilovalarni yaratish, mobil ilovalarni yaratish, arduino asosida robototexnika qurilmalar bilan ishlashga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Kurs yakunida ishtirokchilar tomonidan yasalgan ishlanmalar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.