Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti majlislar zalida 2023-2024-o’quv yilida Talabalar turar joyiga talablarni qabul qilish hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishga bag'ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
📌 Mazkur yig'ilishda Ma’naviyat va ma’rifat bo'limi xodimlari, fakultet dekanlari, fakultet dekan muovinlari, talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
🗒 Yig’ilish davomida yangi o’quv yiliga talabalar turar joyida qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha hamda mas’ullar tomonidan bo‘sh turgan ijara-xonadonlarining sharoitlari o‘rganilib, ijara-xonadonlar bazasini doimiy yangilab borish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, oliygohda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda mas’uliyat oshirilishi kerakligi ham ta’kidlandi.