Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov, Soha xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha CHORA-RADBIRLAR dasturi tasdiqlangan. Dastur bo‘yicha har juma o‘quv soati onlayn tarzda o‘tkazilib kelinadi. Bugun 30-sentabr kuni hamkasblarga Tashkilot faoliyati haqida hisobot berishni gali Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi "Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlar haqida"gi 569-son qarori yuzasidan amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Alisherov Farhod Alisherovich o‘z prezentatsiyasida taqdimot qilib berilar hamda Soha xodimlarining qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Universitatning Mas’ul kotibi Alisher Shaxobiddinov 2021-2022-o‘quv yilining qabul jarayonlari bo‘yicha ma’lumotlar berdilar hamda Vazirlik tashkilotlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berdilar.
Universitetning Moliya-Iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor v.b. Fayzulla Aripjanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-maydagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida"gi 288-son qarori bo‘yicha qilingan hamda kelajakda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar rejasi bilan Soha xodimlariga ma’lumot berdilar va ular tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Fayzulla Aripjanov 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan barcha Vazirlik tashkilotlari soha xodimlarini ushbu bayram bilan Universitetimiz rahbari hamda universitet nomidan tabriklabladilar.