Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Sultanov boshchiligida Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekani va kafedra mudirlari “UZTELEKOM” AKga tashrif buyurishdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Sultanov boshchiligida Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekani va kafedra mudirlari “UZTELEKOM” AKga tashrif buyurishdi.

2024-yil 4-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Sultanov boshchiligida Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekani va kafedra mudirlari “UZTELEKOM” AKga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad - universitetda o‘qitiladigan fanlarning sohaga mos kelishi, talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, 3- va 4-kurs talabalarini ishlab chiqarish amaliyoti va diplom oldi amaliyotiga yo‘naltirish hamda soha korxonalarning mutaxassislarini universitetga kelib, seminar treninglar tashkil qilishdan iborat edi.

“UZTELEKOM” AK Boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari A.Arifdjanov hamda mutaxassis kadrlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.