🏞“Bir oila, bir jamoa" shiori ostida universitet rahbariyati tomonidan talabalarga dam olish kunlarini maroqli o’tkazish va ularga motivatsiya berish maqsadida, team building tashkil etib "Oqtosh" dam olish oromgohi borishdi.
✅Bu birinchi bo’lib davlat universitetlari o’rtasida aynan TATUda amalga oshirildi. Talabalarga esa faqatgina a'lo baholarda o’qishlarini va talabalik davridan zavqlanishni tavsiya qilib qolamiz. Bu turdagi dam olish sayllarining xarajatlari to’liq universitet hisobidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunchaga 5-6 marta tashkil etilgan dam olish davomida har bir fakultetdan iqtidorli, oliygoh hayotida faol bo'lgan talabalar qatnashib, hozirda ularning 50 nafari oromgohda dam olishdi.
🤾♂️Dam olish davomida talabalarning sport bilan shug'ullanishlari uchun basseyn, stol tennisi va futbol maydonlari hamda kutubxona zallari tashkil etilgan. Tabiat qo'ynida toza havodan nafas olgan holda oltin davringizni maroqli o'tkazish uchun biz sizlarni ahil va inoq oilamizga chorlab qolamiz. ⛹️🚵♀️🤸♀️🏓🥅
👍Safimizda bo'ling, aynan siz keyingi sayohatimizda ishtirok etishingiz mumkin.Biz birgalikda yangi-yangi marralarni zabt etamiz!!!