O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tadi!

  • Asosiy
  • O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tadi!

📣 Joriy yilning 27-sentabr kuni soat 10:00 da O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkaziladi!

1️⃣ Musobaqada har bir ta’lim muassasasi nomidan faqat bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.

❗️ Unda ishtirok etuvchi jamoalar tarkibi 6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira ishtirokchidan iborat bo‘ladi.

2️⃣ Musobaqa quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:
- saralash bosqichi
- respublika bosqichi

🔝3️⃣ Har bir hududdagi saralash o‘yinlaridan o‘tgan 3 tadan jamoa Respublika bosqichida ishtirok etadi.

💵 Musobaqaning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin uchun - 100 mln so‘m
🥈2-o‘rin uchun - 60 mln so‘m
🥉3-o‘rin uchun - 40 mln so‘m

Hurmatli O'qituvchilar, shu turnirda TATU o'qituvchilari terma jamoasi safida ishtirok etish istagingiz bo'lsa, @jumamurod_11 ga murojaat qilishingizni so'raymiz.