2022/2023-o‘quv yilida 5 nafar talaba Bonch Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg Davlat telekommunikasiyalari universitetida o‘qishini davom ettiradi
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali hamda professor Bonch Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg Davlat telekommunikasiyalari universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida talaba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialining 5 nafar talabasi Bonch Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg Davlat telekommunikasiyalari universitetida o‘qishini davom ettirish uchun Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi.