Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti, Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Operatsion tizimlar” fanidan olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi.
Mazkur olimpiada talabalarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar:
Samadov Dilmurod Usmon o‘g‘li – Dasturiy injiniring fakulteti;
Murodxonov Umarxon Usmonxon o‘g‘li – AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti;
Abdullayev Ilyosbek Islom o‘g‘li – AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti.
G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!