TATUda “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kurslari boshlandi

  • Asosiy
  • TATUda “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kurslari boshlandi

Joriy yilning 15-17 oktyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” (Open Source Software Technology Seminar) mavzusida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumiga ko‘ra har yili tashkil etish rejalashtirilgan edi.

Memorandumiga asosan, 15-oktyabr kuni "NIPA"ning 6 kishidan tashkil topgan delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi.

O‘quv-treningni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – TATU talabalari hamda dasturiy mahsulotlar yaratishga qiziqadigan yoshlar o‘rtasida zamonaviy, ilg‘or texnologiyalar yordamida ochiq kodli dasturiy maxsulotlar yaratish, talaba-yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash.

O‘quv-trening kursining tashkilotchilari: Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.


O‘quv-trening kursida universitetning professor-o‘qituvchilar va TATUning iqtidorli talabalari ishtirok etishmoqda.

O‘quv-trening kursi davomida tinglovchilar “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” nima uchun kerakligi, sun'iy intellektdan foydalanib yangi ishlanmalarni yaratish va foydalanish asoslari, “Ochiq kodli dasturiy mahsulot”ni strategik foydalanish va asosiy muvaffaqqiyatli vaziyatlari, “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” boshqaruvi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.


O‘quv-trening kurslari 17-oktyabr kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2016 yilning 26-28 oktabr kunlari NIPA va TATU hamkorligida ilk bor “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kursi tashkil etilgan edi. 

TATU matbuot xizmati