Umumiy eʼtirof va Madrid shahriga yoʻllanma – Open Data Challenge ishtirokchilarini roʻyxatga olish jarayoni boshlandi

  • Asosiy
  • Umumiy eʼtirof va Madrid shahriga yoʻllanma – Open Data Challenge ishtirokchilarini roʻyxatga olish jarayoni boshlandi

Avval xabar berganimizdek, noyabr oxiri – dekabr boshida Toshkent shahrida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish boʻyicha anʼanaviy Xakaton boʻlib oʻtadi.

Tanlovning asosiy sharti – mahsulot prototipi (ilova, servis) tadbir oʻtkazilayotgan vaqt mobaynida toʻliq yaratilishi joiz va oldin yaratilgan mahsulotning rivojlantirilgan koʻrinishi boʻlmasligi kerak. Bunda avval tayyorlangan ishlanmalar, maʼlumotlar bazasi va modullardan foydalanishga yaratilayotgan ilovaga tanlov doirasida qoʻshimcha qiymat qoʻshish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.

Open Data Challenge-2018 tanlovida ishtirok etish bepul. Faqatgina qatnashchilar roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi. Tashkilotchilar ishtirokchilarni internet bilan taʼminlab, ishlash uchun qulay sharoit yaratib berishadi.

Gʻoliblar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha aniqlanadi:

  1. “Aqlli shahar” uchun ochiq maʼlumotlarga asoslangan eng yaxshi loyiha;
  2. Ochiq maʼlumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha;
  3. Ochiq maʼlumotlarni generatsiyalash (transformatsiyalash) buyicha eng yaxshi loyiha.

Eng yaxshi ishtirokchiga – Madrid shahridagi konferensiyaga yoʻllanma

Xakaton natijalariga koʻra birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinni olgan ishtirokchilar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Bu yilgi tanlovda Gran-pri ham koʻzda tutilgan – eng yaxshi deb topilgan jamoa Madrid shahridagi (Ispaniya) Xalqaro konferensiyaga yoʻllanma oladi. Gran-pri sohibi Ekspert hakamlar tomonidan uch yoʻnalishda birinchi oʻrinni olganlar orasidan tanlab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola boʻyicha roʻyxatdan oʻtish lozim:  https://data.gov.uz/uz/challenge/register.

Shunindek, Facebook tarmogʻidagi https://www.facebook.com/OpenDataChallenge/ sahifasida ham kerakli maʼlumotlar taqdim etilgan.