“OLIYGOHLAR – STARTAPLAR GENERATORI” DASTURI

  • Asosiy
  • “OLIYGOHLAR – STARTAPLAR GENERATORI” DASTURI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 15-maydagi 210-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar va ilmiy xodimlarning innovatsion g‘oya hamda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi amalga oshiriladi.

💡 Dastur doirasida talabalar va ilmiy xodimlarning istiqbolli startap g‘oyalari saralab olinib, ularni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish, biznes modelini takomillashtirish va loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash ishlari olib boriladi.

🏆 Xakaton tashkil etiladi. Unda ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion g‘oya, dasturiy mahsulot, texnologik yechim yoki startap loyihalarini taqdim etishlari mumkin. Eng istiqbolli loyihalar saralab olinib, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga yo‘naltiriladi.

📚 Inkubatsiya va akseleratsiya jarayonida startap jamoalari uchun trening, seminar va master-klasslar tashkil etilib, marketing, moliyaviy boshqaruv, biznes jarayonlari, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlarda zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashiladi.

🤝 Dastur doirasida IT Park, venchur jamg‘armalar, banklar va xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.

🔥 Innovatsion g‘oyangiz bormi? Uni rivojlantirish, yangi imkoniyatlardan foydalanish va istiqbolli startapingizni amaliy loyihaga aylantirish uchun dasturda faol ishtirok eting!

📌 Batafsil ma’lumot: @tatustartup