Kitob insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aqlning chirog‘i, bilim manbaidir. Kitob bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi va ezgulik sari yetaklaydi.
🏛Oliygohimizning A binosida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. TATUda tashkil etilgan kitob yarmarkasida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun o‘zbek, qoraqalpoq hamda jahon adabiyotining nodir asarlari, turli janrlarda chop etilgan kitoblarni olish imkoniyati yaratildi.