Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari pedagog-xodimlar va talabalari о‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy kо‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Kо‘rik-tanlov quyidagi nominatsiyalar bо‘yicha о‘tkaziladi:
👉»Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi (pedagog-xodimlar ishtirok etadi);
👉“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha eng yaxshi kafedra ” nominatsiyasi (pedagog-xodimlar ishtirok etadi);
👉“Eng yaxshi tyutor ” nominatsiyasi (tyutorlar ishtirok etadi);
👉“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi ” nominatsiyasi (fakultet xotin-qizlar masalalari bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari ishtirok etadi);
👉“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi ” nominatsiyasi (talabalar ishtirok etadi).
-Birinchi bosqich — arizalar qabul qilish va saralash bosqichi bо‘lib, bunda kо‘rik-tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlardan 20 iyunga qadar arizalar va hujjatlar qabul qilinadi hamda ular 2 ta shart bо‘yicha saralanadi.
1-shart. Nomzodlarning nominatsiya bо‘yicha amalga oshirgan ishlarining samaradorligi va natijadorligi tahlili (hujjatlar asosida) — 50 (ellik) ball;
2-shart. Sohaga doir savollardan iborat test sinovi (yoki suhbat) asosida — 50 (ellik) ball.
-2 (ikki) ta shart bо‘yicha jami 100 (yuz) ball tо‘planadi.
Ikkinchi bosqich — Respublika bosqichi bо‘lib, bu bosqich ham 2 ta shart bо‘yicha о‘tkaziladi. Ushbu bosqich ishtirokchilari Tashkiliy qо‘mita tomonidan tashkil etilgan Hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi.
-Kо‘rik-tanlovning oliy taʼlim muassasasi (birinchi) bosqichida yuqori 3 ta о‘rinni egallagan ishtirokchilar oliy taʼlim muassasalari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan qatnashchilar uchun taʼlim muassasasi rahbarining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadilar.
-Kо‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari Nizomda belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.
✔️Imkoniyatni qо‘ldan boy bermang va tanlovda faol ishtirok eting.