Oliy ta’lim muassasalarida IT sohasidagi o‘qish imkoniyatlardan xabardormisiz?

  • Asosiy
  • Oliy ta’lim muassasalarida IT sohasidagi o‘qish imkoniyatlardan xabardormisiz?

🗣 Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.

Mana shunday imkoniyatlardan yoshlarni xabardor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida 29-iyun kuni soat 10:00 da “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tadi.

⏺ Jonli efirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori, TATU, Inha, Amiti, IT Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti direktori ishtirok etadi.

💬 IT-ta’lim bo‘yicha savollaringizni quyidagi havola orqali yozib qoldirishingiz mumkin: https://www.facebook.com/share/p/5m1sWr91dqDSM3re/

Jonli efirni Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin.