Joriy yilning 23-24-oktyabr kunlari Belarus davlatining Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 23-24-oktyabr kunlari Belarus davlatining Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 23-24-oktyabr kunlari Belarus davlatining Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🗒 Mazkur forumda TATU rektori B.Maxkamov ishtirok etmoqda. Forumda TАTU va Belarus davlatining 4 ta yetakchi universitetlari hisoblangan Baranovich davlat universiteti, Belarus davlat texnologiya universiteti, Vitebsk davlat universiteti va Grodno davlat universitetlari bilan akademik mobillilik, birgalikda xalqaro konferensiyalarni tashkil etish, ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik, professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun stajirovka hamda malaka oshirishni tashkil etishni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, forum doirasida Belarusiya davlatining yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda TATU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, jumladan, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan qoʻshma dastur va ilmiy loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.