🛡 Vazirlikning Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Odinayev Dilshodjon Shavkatovich Universitetda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Xususan: o‘quv auditoriyalar, laboratoriya xonalari, Oliy muhandislik maktabining laboratoriya komplekslari, yotoqxonalar, sport zallari, inkubatsiya markazi, axborot-resurs markazi, isitish uzellari va qozonxonalar, obodonlashtirish va “Yashil hudud” lar, shuningdek, Universitet huzuridagi akademik litseyning yangi o‘quv yiliga tayyorligi o‘rganildi.
➡️ Shu bilan birga, 2024-2025-o‘quv yiliga o‘quv-me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligiga alohida ahamiyat qaratildi.