Joriy yilning 16-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo‘lim boshlig‘i B. Xolmirov boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 16-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo‘lim boshlig‘i B. Xolmirov boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

Joriy yilning 16-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo‘lim boshlig‘i B. Xolmirov boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

✍️ Tashrif davomida universitetda tashkil etilgan “Registrator ofisi” faoliyati atroflicha o‘rganildi. Ishchi guruhga O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Dj. Sultanov hamrohlik qildi.

🔍 O‘rganish jarayonida ofisning joylashuvi, moddiy-texnik ta’minoti, ajratilgan shtat birliklari, xizmat ko‘rsatish sifati va hujjatlarni yuritish tartibi sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, xizmatlarning raqamlashtirilganligi, xodimlarning malakasi va me’yoriy hujjatlarning tasdiqlanganligiga alohida e’tibor qaratildi.

❌ Ish yakunida ishchi guruh tomonidan "Registrator ofisi" faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

✈️ @tuituz_official