Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aprelni “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilishi munosabati bilan Muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovning arizalar qabuli 10-aprelga qadar uzaytirildi!

  • Asosiy
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aprelni “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilishi munosabati bilan Muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovning arizalar qabuli 10-aprelga qadar uzaytirildi!

⏺Eslatib o‘tamiz tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov ushbu yo‘nalishlarda quyidagi 3 ta kategoriya o‘rtasida o‘tkaziladi:

1️⃣ 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar;
2️⃣ talabalar;
3️⃣ amaliyotchi muhandislar.

Har bir ishtirokchi tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta):
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.

Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling!


🗓 Tanlovga arizalar joriy yilning 10-aprel kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

📋 TANLOV NIZOMI (https://muhandis.edu.uz/documents/rules.pdf)

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.

Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!

Bizni kuzating