👥 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorlik holati, ta’lim sifati va samarasi, o‘quv laboratoriyalar, talabalarga yaratilgan qulayliklar, talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash kabi ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.
🗒 Shuningdek, “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyati bilan tanishildi hamda universitet yotoqxonalariga birma-bir kirib, barcha qavatlardagi xonalarda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar o‘rganildi. Ma’naviyat xonasi, kutubxona, kompyuter texnikalari, tibbiyot xonasi, talabalarga maishiy xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘rib, tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.