Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abduraxmonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialiga tashrif buyurdi
Tashrif davomida vazir Ibrohim Abduraxmonov davlat-xususiy sherikchilik asosida universitetning Qarshi filialida qad rostlayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, mas’ullar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, vazir yangi yotoqxona hududini yashil makonga aylantirish uchun obodonlashtirish ishlariga jiddiy e’tibor qaratish hamda suv ta’minoti va elektr energiyani tejash maqsadida, quyosh panellari bilan jihozlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi.
Ma’lumot uchun: mazkur talabalar turar joyi mustaqilligimizning 32-yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada turar joyga ehtiyoji bo‘lgan talabalar to‘liq turar joy bilan ta’minlanadi.