ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar taqdirlandi.

  • Asosiy
  • ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar taqdirlandi.

“ICT Week – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – “IT Education” forumida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar taqdirlandi.

💻 Xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida 1- o'rinni olgan TATUning Code of Duty jamoasi (Umurzoqov Quvonchbek, Miroqilov Davlatbek, Qodirov Jamshidxon) 60 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

👏 Jamoamizga 2023-yil dekabr oyida Qozog'istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim finalida omad tilab qolamiz.