Bugungi kunda yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʼyicha savodxonligini oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida yoshlarimiz oʼz imkoniyat va salohiyatlarini namoyon etgan holda kamarbasta ekanliklarini koʼrsatib nafaqat yurtimizda, balki jahon arenalarida o‘tkaziladigan nufuzli tanlov hamda olimpiyadalarda ishtirok etib munosib o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
Xabaringiz bor, 10-14-oktabr kunlari Rossiya Fedratsiyasining Sochi shahri Sirius federal markazida bo‘lib o‘tgan Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha II Xalqaro olimpiadasida Bosh prokuratura huzuridagi departament boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi va olimpiadaning final bosqichida ham o‘z bilimlarini sinashdi.
E’tiborli jihati shundan iboratki, olimpiadaning final bosqichida vatanimiz shon-sharafini munosib himoya qilgan talabalar orasida universitetimiz talabasi Akramov Shaxzod Shokirjon o‘g‘li qatnashib, faxrli II-darajali diplom sohibiga aylandi.
Talabamizning yutug‘i bilan faxrlangan holda keyingi rejalariga va o‘qishlariga zafarlar tilab qolamiz.