Informatika va axborot texnologiyalari fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining I-bosqichi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2017 yilning 15-aprel kuni soat 13:00 da “A” bino 220, 217 xonalarda o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Olimpiada 4 turdan iborat bo‘ladi:
1. Test sinovi (50 ta test, 100 ball)
2. Masalalar (3 ta masala, 100 ball)
3. Masalalar (3 ta masala, 100 ball)
4. Masalalar (2 ta masala, 100 ball)
Ishtirok etish istagi bo‘lgan talabalar 14-aprel kuniga qadar http://acm.tuit.uz/olimp2017.php manzilidan ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz. Savol va takliflar uchun +998712386436 raqamiga, yoki acmtuituz@gmail.com elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.