
💐 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahrida “Olima ayollar – e’tiborda” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir, jumladan, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi o‘tkazilgan “Olima ayollar - 2024” tanlovi g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, t.f.d. Muxamediyeva Dildora Kabilovna, Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, PhD, dotsent Abdurashidova Kamola Turg‘unboyevna, PhD, dotsent Abdullayeva Malika Ilhamovna hamda t.f.n., dotsenti Artikova Muazzam Axmedovnalar taqdirlandilar!