

Yurtimizda xotin-qizlarning ilm-fan sohasidagi faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Olima ayol – e’tiborda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda faxriy olimalar, tajribali rahbar olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Xususan:
Joldasova Shaxnoza Batirovna — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi
Muxitdinova Kamola Alisherovna — TDTU professori, iqtisodiyot fanlari doktori
Ular o‘zlarining mazmunli chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdilar.
Tadbir davomida:
- Ayollarning ilm-fandagi o‘rni;
- Ilmiy maktablar shakllanishidagi hissasi;
- Zamonaviy ilmiy tadqiqotlardagi yutuqlari;
- Yosh qizlarni ilmga chorlash masalalari keng muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida faxriy va rahbar olimalarga estalik sovg‘alari topshirilib, ularning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi munosib taqdirlandi.
"Olima ayol – e’tiborda” tadbiri ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga hurmat va e’tibor ifodasi bo‘lib, yosh avlodni ilm-ma’rifat yo‘lida yanada faol bo‘lishga undaydigan muhim ma’naviy tashabbus sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.