Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Oilalarda zo‘ravonlikni oldini olish” mavzusida maxsus seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TDPU qoshidagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazidan tashrif buyurgan mutaxassis hamda universitet psixologi ishtirok etishdi.
Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish, jamiyatda ularning huquq va manfaatlarini yanada mustahkamlash kabi ezgu tashabbuslar ko‘zlangan ushbu seminar-treninglarda mavzuga oid ko‘nikmalar berildi.