Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida universitet rahbariyati “O'zbekiston yoshlar ittifoqi”ning boshlang'ich taskiloti bilan hamkorlikda 17 fevral kuni “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” tizimidagi korxona va tashkilot mutassaddilari bilan universitet talabalari o'rtasida ochiq muloqot o'tkazildi.
Uchrashuvda “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi”, “O'zbekiston pochtasi AJ”, “Matbuot tarqatuvchi AK”, “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko'maklashish markazi”, “Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi”, “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha Davlat inspeksiyasi”, “UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi”, “Elektromagnit moslashuv markazi”, “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi YNICON.UZ”, “O'ztelekom AK”, “UMS” hamda “Ucell” MCHJ va bitiruvchi, ya'ni to'rtinchi bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirda yuqorida ta'kidlab o'tilgan tashkilot mutasaddilari tomonidan mavjud bo'sh ish o'rinlari, qanday yangiliklar amalga oshirilayotgani hamda ushbu tashkilotlar to'g'risida qisqacha ma'lumotlar berib o'tildi.