Qiziquvchan va izlanuvchan talabalarni 15-17 may kunlari “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzuida tashkil etiladigan o‘quv-trening kurslariga taklif qilamiz. O‘quv-trening kurslarida ishtirok etishni xoxlagan iqtidorli talabalar A-Bino 112-xonada 7 mayga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) bilan tuzilgan ikki tomonlama Memorandum asosida, TATU, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi soha korxonalari bo‘lgan: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “UZINFOCOM”, “UNICON.UZ” markazlari xodimlari uchun “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzuida o‘quv-trening kurslarini tashkil etish belgilangan.
Ushbu o‘quv-trening kurslari TATU, NIPA va WFK bo‘yicha maslahatchi Jeon Byung Vuk tomonidan tashkil etilmoqda.