Yoshlarning qiziqishlarini oshirish va ularni kasb - hunarga yo'naltirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi

  • Asosiy
  • Yoshlarning qiziqishlarini oshirish va ularni kasb - hunarga yo'naltirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi

Yoshlarning qiziqishlarini oshirish va ularni kasb - hunarga yo'naltirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi

"Ochiq eshiklar" kuni doirasida Nukus tumani XTBga qarashli 22-20-27-12-son maktabning 9-10-11-sinf o'quvchilari filialimizga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni filialning O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari X.Seytkamalov, Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari D.Kudaynazarova va Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy va ma'rifiy bo'limi boshlig'i B.Nurumbetovlar ochiq chehra bilan kutib olishdi.

Ekskursiya davomida o'quvchilar oliygohdagi Inkubaciya va akseleraciya markazi faoliyati va unda filial talabalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bu kabi sayohatlarning tashkillashtirilishi o'quvchi yoshlarning qalbida katta ta'asurot qoldirib gina qo'ymay, ularning ma'lum bir kasbni tanlashida ham katta ahamiyat kasb etadi.