Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet Nurafshon filialida o‘quv jarayonlari

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet Nurafshon filialida o‘quv jarayonlari

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet Nurafshon filialida o‘quv jarayonlari Nurafshon shahri "Nurafshon Business City" hududida joylashgan yangi kampusida 🥳 ko‘tarinki kayfiyatda olib borilmoqda. Bugun dars jadvali asosida barcha guruhlarda dars jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi sadosi ostida boshlandi.

👨‍🏫 Yangi o‘quv yilida Filialimizning barcha talabalari va professor-o‘qituvchilariga ulkan muvaffaqqiyatlar tilaymiz. Hurmatli ustozlarimiz talabalarimizga sifatli bilim berishdan, talabalarimiz esa o‘qib izlanishdan hech ham charchamasligini tilab qolamiz.