Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali faoliyati va uni rivojlantirish masalalari yuzasidan taqdimot oʼtkazildi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali faoliyati va uni rivojlantirish masalalari yuzasidan taqdimot oʼtkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali faoliyati va uni rivojlantirish masalalari yuzasidan taqdimot oʼtkazildi

🏛Taqdimotda filialning Nurafshon shahrida bunyod etilayotgan zamonaviy 🏗🏢binolari, kampusda 👨‍🎓talaba-yoshlar va 👩‍🏫professor-oʼqituvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar va imkoniyatlar, mavjud yoʼnalishlar va mutaxassisliklar hamda tahsil olayotgan talabalar boʼyicha batafsil maʼlumot berildi.

💼Tadbir davomida filialining keyingi faoliyatini rivojlantirish va taʼlim sifatini oshirish, soha korxona va tashkilotlari bilan muntazam hamkorlik aloqalarni yoʼlga qoʼyish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida mutaxassislik fanlarining oʼquv dasturlari ish beruvchilar tomonidan qoʼyilgan talablar asosida ishlab chiqish bilan bir qatorda soha korxonalarining oʼzida laboratoriya va amaliyot mashgʼulotlarini tashkil etish masalalari ham koʼrib chiqildi.