Nukusda targ‘ibot dasturlari amalga oshirildi

  • Asosiy
  • Nukusda targ‘ibot dasturlari amalga oshirildi

Joriy yilning 16-may kuni Nukus shahar 1-son, 3-son va 32-son maktablarida TATUda mavjud qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishga abituriyentlarni jalb etish maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Tadbirda 200 dan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Ma’lumot o‘rnida, TATUda:
YEUNGNAM UNIVERSITETI bilan “2+2 Double Degree” (2 yil O‘zbekistonda va 2 yil Janubiy Korea Respublikasida) qo‘shma ta’lim dasturida “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” va “Kompyuter injiniring” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari;

KOOKMIN UNIVERSITETI bilan “3+1 Double Degree” (3 yil O‘zbekistonda va 1 yil Janubiy Korea Respublikasida) qo‘shma ta’lim dasturida “Biznes axborot texnologiyalari” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalarga TATU va hamkor universitet tomonidan 2 ta diplom beriladi.