Nukus filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Nukus shahrida bo‘lib, universitetning Nukus filiali hamda uning qoshidagi akademik litsey va talabalar turar joylarini ko‘zdan kechirdi.
 
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Y.Atashev, Axborot texnologiyalari vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i Т.Bayekeyev bilan birgalikda Nukus shahridagi IT-texnikumning o‘quv yilini boshlashga tayyorlik holati o‘rganildi.