


2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichi bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari sohiblariga Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tomonidan guvohnoma va sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
🧾 Tadbir davomida vazir g‘oliblarning o‘qish va ilmiy-ijodiy faoliyatdagi yuqori natijalarini alohida e’tirof etib, bunday yutuqlar izchil mehnat va qat’iyat samarasini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Shuningdek, vazir Davlatimiz Rahbari tomonidan yoshlar ta’limi va iste’dodini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor hamda yaratilayotgan imkoniyatlar bunday natijalarga xizmat qilayotganini qayd etdi.
➡️ Vazir raqamli texnologiyalar sohasi bugun iqtisodiyot, ta’lim, davlat boshqaruvi va kundalik hayotning barcha yo‘nalishlarida muhim o‘rin tutayotganini ta’kidlab, yoshlarga kelgusida ham yanada katta marralarni zabt etish tilagini bildirdi.
➡️ Taqdirlangan stipendiatlar ro‘yxati quyidagicha:
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari:
➡️ Bazarov Sarvar Azamat o‘g‘li — 4-kurs, Toshkent shahridagi INHA universiteti
➡️ Uroqov Dostonbek Zarif o‘g‘li — 4-kurs, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
➡️ Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohiblari:
➡️ Istamov Mirjahon Mo‘minjon o‘g‘li — 4-kurs, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
➡️ Qarshiboyev Jaxongir O‘rol o‘g‘li — 3-kurs, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
➡️ Ziyodov Abduaziz Xurshidovich — 4-kurs, Toshkent shahridagi INHA universiteti
➡️ Rixsixo‘jayev Ibrohimxo‘ja Xurshidxo‘ja o‘g‘li — 3-kurs, Toshkent shahridagi Amity universiteti
➡️ Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohiblari:
➡️ Akbarov Alimurod Aziz o‘g‘li — 4-kurs, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
➡️ Davranov Mirziyod Jaloliddin o‘g‘li — 4-kurs, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
🔵Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi (https://digital.uz/oz/news/view/132859) g‘olibi bo‘lgan 44 nafar talaba va o‘quvchi ham tantanali taqdirlandi. Mazkur stipendiyalar yoshlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, AT sohasidagi iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish hamda raqamli texnologiyalar yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.