Nubia hamda TATU hamkorligidagi tadbirlar uchun "Eng zo‘r slogan" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

  • Asosiy
  • Nubia hamda TATU hamkorligidagi tadbirlar uchun "Eng zo‘r slogan" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Nubia brendi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Eng zo‘r slogan” tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.

❗️Tanlov davomida TATU talabalari tomonidan yuzlab kreativ va mazmunli sloganlar taqdim etildi. Har bir ishtirokchining g‘oyasi alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi.

🎉 Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:

🥇 1-o‘rin — Bektemirov Hikmat
📝 “Nubia – aqlli avlod tanlovi”
🎁 ZTE Blade A76 smartfoni

🥈 2-o‘rin — Adirov Otabek
📝 “TATU bilan texnologiya, Nubia bilan kelajak”
🎁 ZTE Blade A56 smartfoni

🥉 3-o‘rin — Iskandarova Dilafruz
📝 “Nubia bilan yorqin kelajak sari”
🎁 ZTE Blade A36 smartfoni

🏆 G‘oliblar 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan TUIT Party doirasida tantanali ravishda munosib taqdirlandilar.

✅ Tanlovda faol ishtirok etgan barcha talabalarimizga minnatdorchilik bildiramiz! Oldinda yana ko‘plab qiziqarli tanlov va imkoniyatlar kutmoqda — biz bilan qoling!