Shimoli-g'arbiy politexnika univerisiteti (NPU) bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

  • Asosiy
  • Shimoli-g'arbiy politexnika univerisiteti (NPU) bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. B.Maxkamovning XXRga tashrifi davomida hamkorlik aloqalarini kegaytirish va rivojlantirish maqsadida, Xitoy sivilizatsiyasining beshigi va qadimiy Ipak yo'lining yakuniy nuqtasi bo'lgan, tarixiy Sian shahrida joylashgan, Shimoli-g'arbiy politexnika univerisiteti (NPU) bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

📄Ushbu memorandumga ko'ra universitetlar o'rtasida akademik almashinuv dasturlarini yo'lga qo'yish, birgalikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, ta'lim va taqdiqot resurslarini almashinish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi. Uchrashuv davomida universitetlar o'rtasida qo'shma loyihalarini amalga oshirish va talabalar startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha har ikki universitetning imkoniyatlari o'rganildi.