
Universitetda tahsil olish davomida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ijtimoiy hayotga faol hissa qo‘shgan, mustaqil fikrlashi, salohiyati va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan talabalar yutuqlarini e’tirof etish uchun bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimidan fotolavha
📝 Mazkur marosimda:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi;
– Beruniy, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari;
– Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyalar;
– Shuningdek, “Yilning eng faol talabasi” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar.
🎉 Talabalarimizga sertifikatlar Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, TATU rektori Baxtiyor Maxkamov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
📸 Fotosuratlarni yuqori sifatda yuklab olish uchun