"NEMIS TILI" bilish darajasi A1-B2 ga ega bo'lgan talabalar uchun yangilik!

  • Asosiy
  • "NEMIS TILI" bilish darajasi A1-B2 ga ega bo'lgan talabalar uchun yangilik!
E’lon!!!
 
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining barcha bosqich va barcha yo‘nalish talabalari diqqatiga!
 
✅"NEMIS TILI" bilish darajasi A1-B2 ga ega bo‘lgan talabalar uchun yangilik!  Sizlarga katta motivatsiya ulashish maqsadida Universitetimiz nemis tili o‘qituvchisi Nozimaxon Nishanova tomonidan "MINT (Mathematik. Informatik. Nature. Tehnologie.) fanlarini CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodi yordamida o‘rgatish" deb nomlangan o‘quv loyihasi tashkillashtirilib, sizlar uchun akademik darslardan tashqari AKT sohalariga bog‘liq holda nemis tilida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
 
✅Ushbu loyiha Germaniyaning Gyote instituti Toshkent filialida 2021 yilda faoliyat boshlagan "GI TASCHKENT 2021_SPANNENDE (SOFT) CLILIG UND MINT-ANGEBOTE AUS DER PRAXIS FÜR DIE PRAXIS" - (GI TOSCHKENT 2021_ AMALIYOT UCHUN AMALIYOTDAN QIZIQARLI (SOFT) CLILIG VA MINT TAKLIFLARI) loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
 
✅"NEMIS TILI" bilish darajasi A1-B2 ga ega bo‘lgan barcha talabalarni ushbu qiziqarli amaliy mashg‘ulotlarga taklif qilamiz. Amaliy mashg‘ulotlar AKT sohasidagi Professor-o‘qitivchilar va nemis tili fani o‘qituvchisi tomonidan, birgalikda olib boriladi. Mashg‘ulotlar erkin, ya’ni bepul olib boriladi.
Murojaat uchun manzil: TATU, C bino 133-xona
Murojaat uchun telefon: 99 8771224