"Navro'z- qadriyatlar gultoji" mavzusida milliy an'analarimiz va qadriyatlarimizni e'zozlab, katta bayram sayli o'tkazildi.

  • Asosiy
  • "Navro'z- qadriyatlar gultoji" mavzusida milliy an'analarimiz va qadriyatlarimizni e'zozlab, katta bayram sayli o'tkazildi.
Joriy yilning 18-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining akademik litseyida "Navro'z- qadriyatlar gultoji" mavzusida milliy an'analarimiz va qadriyatlarimizni e'zozlab, katta bayram sayli o'tkazildi.
 
Uyg'onish faslining go'zal va betakror milliy bayrami o'quvchilarimiz qalbida go'zallik, samimiylik, ahillik uyg'otdi. Ma'naviyatimiz ildizi bo'lgan qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga bo'lgan hurmat, e'tibor yoshlarning tadbirdagi viloyatlar kesimida sahnaga olib chiqqan musiqiy chiqishlarida aks etdi. Har bir viloyatning milliy qadriyatlari sahnada ko'rsatildi.
 
Muhtaram Prezidentimizning Ma'naviyatni yuksaltirishga oid fikrlari bugungi kun yoshlariga singdirib borilmoqda, zero o'z Vatanini sevgan va e'zozlagan yoshlar porloq kelajagimizni ta'minlab beradi.
 
Barchaga: "Kelayotgan yangilanish, yasharish bayrami-Navro'zi olam muborak bo'lsin!"- deymiz.