Navoiy viloyati hokimi TATU Zarafshon fakultetiga tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • Navoiy viloyati hokimi TATU Zarafshon fakultetiga tashrif buyurdi



Kuni kecha Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Zarafshon fakultetiga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qator istiqbolli loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimot davomida kam ta’minlanganlikni qisqartirish, hududga investitsiyalarni jalb etish, turizmni rivojlantirish, shuningdek ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirishga qaratilgan bir qator drayver loyihalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi 58-son qaroriga muvofiq yangi o‘quv yilidan boshlab Navoiy va Zarafshon maktablarida ixtisoslashtirilgan IT sinflari tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur tashabbus doirasida viloyatdan 100 nafar o‘qituvchi poytaxtda hamda xorijda IT va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshiradi. Shu bilan birga, TATU Zarafshon fakultetida sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

💬 Tashrif davomida taqdim etilgan loyihalar atroflicha muhokama qilinib, ularni yanada takomillashtirish, belgilangan muddatlarda amalga oshirish hamda hudud aholisi uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

📸 Tashrifdan fotolavhalar