“Ko’xna tarixning porloq yulduzi”

  • Asosiy
  • “Ko’xna tarixning porloq yulduzi”

9 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida g’azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy xazratlarining 576 yilligiga bag’ishlangan “Ko’hna tarixning porloq yulduzi” nomli adabiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

Kechada talabalar tomonidan Alisher Navoiy g’azallaridan namunalar yod olib o’qib berildi, ularning yozgan bebaho asarlari asosida teatrlashtirilgan lavhalar namoyish etildi. Tadbir davomida, ayniqsa, 223-16, 224-15, 693-16, 226-16, 314-16 guruh talabalari faol ishtirok etdilar. O’zbek va rus tillari kafedrasi o’qituvchilari N.YUlanova va K.Gayubovalar tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.