
"Talabalar ligasi 2025" musobaqalarining A guruhi doirasida Toshkent xalqaro universiteti talabalar terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan TATU terma jamoasi ishonchli 7-4 hisobida g‘alaba qozondi!
🏆 Ushbu natija bilan jamoamiz turnir jadvalida 11 ochko to‘plab 1-o‘ringa ko‘tarildi hamda nimchorak final yo‘llanmasini deyarli qo‘lga kiritdi.
🗓 Keyingi o‘yin:
15-mart – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasiga qarshi.
🎉 Talabalarimiz terma jamoasiga keyingi bahslarda omad tilaymiz!
📊 Musobaqa natijalarini quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin:
⛓ Futsal.uz