"O'zbekkosmos" agentligi va NASA tomonidan tashkillashtiriladigan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tadbiri

  • Asosiy
  • "O'zbekkosmos" agentligi va NASA tomonidan tashkillashtiriladigan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tadbiri

Joriy yilning 1 va 2-oktabr kuni Toshkentda "O‘zbekkosmos" agentligi va NASA tomonidan tashkillashtiriladigan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tadbirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Space Y jamoasi vakillari (Qodirov Z., Ochilov H., Ergashev A.) faxrli 🥇1-o‘rinni egallab, keyingi bosqichda qatnashish uchun Amerikaga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan edi. Ularni munosib taqdirlash maqsadida 19-oktabr kuni INNOWEEK innovatsion texnologiyalar haftaligida taqdirlash marosimi tashkil etilib qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Tadbirda O‘zbekkosmos agentligi vakili M.Ibragimov va maslahatchi Y.Membetsharipovlar ham ishtirok etishdi.

🎉🎉🎉Talabalarimizni erishgan natijalari bilan tabriklaymiz va yakuniy bosqichda ham g‘alabani qo‘lga kiritishlarini tilab qolamiz.