✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari tomonidan 2024 yil 8-fevral kuni “Axborot tizimlari va texnologiyalari” hamda “Kompyuter injiniringi” yo‘nalishida malaka oshirayotgan tinglovchilarga “Raqamli Oʼzbekiston- 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6079-sonli farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan “MY.GOV.UZ – HAYOTIY VAZIYATLAR UCHUN!” loyihasi doirasida “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
👥 Oʻquv mashgʻuloti davomida professor o‘qituvchilarga my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlar, yangi turdagi elektron xizmatlar va ulardan foydalanish tartiblari tushuntirildi.