IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
💻Axborot-kompyuter texnologiyalari va dasturlash kafedrasi Assistenti Yaxshiboyev Rustam Erkinboy o'g'li rahbarligida "Radio va Mobil aloqa" fakulteti 3-bosqich talabasi, "Muhammad al-Xorazmiy" stipendiyasi sohibi Qudratillayev Meirbek Baxitbay o'g'li “IBM Cybersecurity Analyst Assessment Professional" kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo'ldi va ushbu imkoniyatni qo'lga kiritdi.
⭐️Qudratillayev Meirbekni ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishini tilaymiz.